Omanda hozirda ko'pqavatli binolar qurilishi rivojlanayapti. Shahar markazi asosan shunday 5-8qavatli binolardan tashkil topmoqda.
Ko'p qavatli binolar narxi 2xonali uylar uchun 150-250riyal. 1riyal=2.6$
Bu binolarning balkoni bor va honalari kengroqlari 200riyal atrofida beriladi. Uylarda issiq-sovuq suv.har bir honada kondisioner va potolokka o'rnatilgan ventelyatorlar bor. Uylarning.deyarli barchasi jixozlari bilan beriladi(shkaf.kravat.divan.gaz.xolodilnik va hkz). Uylar yotoqxonasi bo'yicha hisoblanib.daxliz va oshxona hisobga kiritilmaydi. Iyul va avgust oylarida turistlar gavjum bo'ladigan hududlarda uylar ijarasi sentabrdan iyulgachadir. Yashovchi yozning oxirgi ikki oyida uyni bushatishi shart qilib kontrakt tuziladi.
Ko'pqavatli uylardan tashqari mahallalardagi hovlilar ham mavjud.
Shahar markazidan mashinada yurilganda 15-20daqiqa ketadigan masofada joylashgan bu uylar kichik hovlisi va bir necha honalik uylari bilan beriladi. Bu uylardagi sharoit yuqoridagi ko'pqavatli uylardagi shaoit kabi kandisioner va suvlari va hkz mavjud. Uylar 4-8 xonalik yoki undan ham ko'p bo'lishibir yoki ikki qavatli bo'lishi mumkin.O'rtacha uylar narxlari 250-350riyal atrofida. 4xonali uylarda 4ta yotoqxona.ayvon.ikkita hojatxonasi bor. Bu mahallalarda Omanlik arablar bilan birga chet eldan kelib ishlayotgan ishchilar oilasi va boshqa millatlarni ham uchratish mumkin. Uylar rasmdagidek yonma-yon joylashgan. Hovlisi tashqaridan kurinib turadi. Uy ichi oynalari qoraytirilgan.ko'rinmaydi.
Bu esa Omanning oddiy ko'chalari
No comments:
Post a Comment